SportUz.Net
iks
ads

UFC'ning yangi chempioni Makkenzi Dyorn kamar himoyasi uchun ilk raqibni tanladi

27.10.2025 10:33    


Rasmni yuklab olish

Birinchi o'ta engil vazn toifasida bo'sh qolgan UFC chempionlik kamarini Virna Yandirovaga qarshi jangda qo'lga kiritgan Makkenzi Dyorn keyingi raqibi kim bo'lishini biladi.

"Men chempion bo'lganimdan keyin qanchalik tanlash huquqiga ega ekanligimni bilmayman. Mening so'zlarim va qarorlarim qanchalik tasir qilishini ham bilmayman. Lekin men bu erda titulni himoya qilmoqchiman, shuning uchun kim qarshi chiqsa, men tayyorman. Veyli CHjan qaytadimi-yo'qmi, buni ham bilmayman, lekin men Tatyana Suares bilan jang qilishni juda xohlardim. Greplerlar bilan bir nechta jang o'tkazishni istardim", - dedi amerikalik chempion Abu-Dabidagi UFC 321 turniridan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida.

SHuningdek, yangi chempion o'tkazgan jangiga ham to'xtalib o'tdi. 

"Menimcha, men oktagonni nazorat qildim. Zarbalarim ham ko'proq va aniqroq chiqdi. Biz tik holatda jang o'tkazishga qaror qabul qildik, boshqa tomondan jang parterga o'tgan taqdirda ham, o'zimizni ishonchli his qilardik. Albatta, agar sen parterga tushib qolsang, raundni boy berish xavfi doimo bo'ladi. Lekin men xavfli bo'lishga harakat qildim - doimo hujum uyushtirish, sabmishni izlash, agar u shunchaki poziciyani ushlab turganini ko'rsam, uni itarib, o'z joyimga qaytardim. Men g'alaba qozonishim mumkinligini his qildim. Bu mening jangim ekanligini his etdim, lekin hech kim shubha qilmasligi uchun raqibni nokautga uchratishni yoki taslim bo'lishga majbur qilishni xohladi. CHunki MMA’da tanqidchilar orasida har doim gap-so'zlar bo'ladi", - deya gaplariga xulosa qildi UFC chempioni.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: