SportUz.Net
iks
ads

Dana Uayt: "Aspinall jangni davom ettirishni istamadi"

27.10.2025 09:30    


Rasmni yuklab olish

Jahonning eng kuchli Ligasi prezidenti Dana Uayt Abu-Dabida bo'lib o'tgan UFC 321 turniridagi holat bo'yicha Tom Aspinallni aybladi.

Siril Gan birinchi raundda Tomning ko'ziga qo'lini suqub olgandi. UFC prezidenti bu vaziyatda Aspinallni jarohati og'irligini bo'rttirib ko'rsatganlikda ayblamadi, ammo o'ziga xos uslubda britaniyalikning birinchi raund oxirida jangni davom ettirishdan bosh tortish qarori unda muayyan shubhalar uyg'otganini malum qildi.

"Men odamlarni urishtira olmayman. Agar men jang qilmoqchi bo'lsam, hech kimni qafasga chiqishga majburlay olmayman. Mabodo odam jarohat olgan deb hisoblasa, uni davom ettirishga majburlab bo'lmaydi. Nima bo'lganini faqat Tom biladi. Ko'rdimi? Ko'rmadingmi? Davom etish mumkinmi? Javobni faqat u biladi.

Jons bilan jang tufayli hamma Siril Ganga etarlicha baho bermadi va uni deyarli hisobdan chiqardi. Ishonchim komilki, u o'z lagerida yirtqich hayvon kabi mashq qilgan va jang shunday yakunlangani achinarli. Menimcha, endi revanshga qiziqish ancha katta bo'ladi, chunki u Tomning yuzini bejaganini hamma ko'rdi. Tom jangni davom ettirishni istamadi. Revansh juda qiziqarli bo'ladi", – deya promoushen rahbarining so'zlarini keltiradi MMA Junkie.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: