
"Jang allaqachon tayinlangan, shu haftada muzokaralar davri boshlanadi. Agar kelishuvga erishilmasa, jang kim oshdi savdosiga qo'yiladi. Lekin biz kelishib olishimizga ishonaman. O'ylaymanki, jang mart oyida bo'lib o'tadi. Men bu jang Buyuk Britaniyada bo'lishini istardim. Bizda ikkita variant bor - Ar-Riyod yoki London!", deb aytgan Uorren.
Eslatib o'tamiz, Fabio Uordli kuni kecha Londondagi davogarlar jangida yangi zelandiyalik Jozef Parkerni 11-raundda texnik nokautga uchratib, Usikning kamari uchun majburiy davogarga aylangandi. WBO tashkiloti avvalroq Usikning 2026 yilda Parker - Uordli jangi g'olibi bilan uchrashishiga ruxsat bergandi.
