SportUz.Net
iks
ads

Frenk Uorren Usik - Uordli jangi qachon bo'lishini aytdi

27.10.2025 12:15    


Rasmni yuklab olish

Britaniyalik promouter Frenk Uorrenning ishonchi komilki, uning mijozi Fabio Uordli superog'ir vaznda mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usikka qarshi jang qilish huquqini qo'lga kiritgan.

"Jang allaqachon tayinlangan, shu haftada muzokaralar davri boshlanadi. Agar kelishuvga erishilmasa, jang kim oshdi savdosiga qo'yiladi. Lekin biz kelishib olishimizga ishonaman. O'ylaymanki, jang mart oyida bo'lib o'tadi. Men bu jang Buyuk Britaniyada bo'lishini istardim. Bizda ikkita variant bor - Ar-Riyod yoki London!", deb aytgan Uorren.

Eslatib o'tamiz, Fabio Uordli kuni kecha Londondagi davogarlar jangida yangi zelandiyalik Jozef Parkerni 11-raundda texnik nokautga uchratib, Usikning kamari uchun majburiy davogarga aylangandi. WBO tashkiloti avvalroq Usikning 2026 yilda Parker - Uordli jangi g'olibi bilan uchrashishiga ruxsat bergandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: