
"Keyingi jangni kutyapman, menga sana, manzil va raqib ismini yuboringlar", deya quyidagi videoni izohlagan Muradov.
Malumot uchun, 35 yoshli Mahmud Muradov iyun oyida o'tkazgan so'nggi jangida chexiyalik Patrik Kinslni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, Oktagon MMA Interim kamarini qo'lga kiritgandi. Uning hisobida jami 29 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat bor.