
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Iqboljon Xoldarov ringga ko'tarildi. Qirg'iz Respublikasi vakili Argen Kadirbek Uuluga qarshi kechgan 6 raundlik jang beshinchisida muddatidan avval nihoyasiga etdi. Iqboljon raqibini texnik nokaut orqali taslim qildi.
Jang super yarim o'rta vazn toifasida tashkil etildi. Bu orqali Xoldarov prof boksdagi ettinchi jangida ettinchi g'alabasini rasmiylashtirdi. Argen esa debyut bahsidayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.