
Turnir asosiy kardida o'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Furqatbek Yoqubov ham oktagonga chiqdi. U aslida filippinlik Jenil Fransiskoga qarshi bahs olib borishi kerak edi, ammo Fransiskoda viza bilan bog'liq muammolar paydo bo'lgani sabab jang bekor qilingandi.
SHunday bo'lsa-da, GFC Ligasi qisqa fursatda Furqatbek uchun yangi raqib topib berdi. Hamyurtimiz turnirda belaruslik Nikita Rachkov bilan jang qildi va raqibini birinchi raunddayoq nokaut orqali taslim etdi.
Bu jang Furqatbek Yoqubov uchun faoliyatidagi 19-jangga aylandi. Endi yurtdoshimiz hisobida 15 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat mavjud. Nikita Rachkov esa kecha karerasidagi 11-jangida 8-mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Hasanboy Do'smatov meksikalik bokschi bilan jangi bekor qilinganiga munosabat bildirdi