
Musobaqaning markaziy bahsi og'ir vazn toifasidagi angliyalik amaldagi chempion Tom Aspinall va franciyalik birinchi raqamli davogar Siril Gan o'rtasida kechdi.
Ikkinchi asosiy bellashuvda esa braziliyalik Virna Yandiroba hamyurti Makkenzi Dyorn bilan ayollar o'rtasida minimal vazn toifasi chempionligi uchun jang qildi.
Bundan tashqari, UFC 321 doirasida Umar Nurmagomedov, Aleksandr Volkov, Ikram Aliskerov kabi taniqli aralash yakka kurash ustalari chiqish qildi.
Mazkur sahifa orqali turnirda qayd etilayotgan natijalardan onlayn ravishda boxabar bo'lib borishingiz mumkin bo'ldi (g'oliblar qoraytirilgan holda yozib borilgan).
Asosiy kard:
Og'ir vazn tofasida chempionlik jangi: Tom Aspinall (Angliya) – Siril Gan (Franciya), (Jang o'tkazilmagan deb topildi);
Ayollar o'rtasida minimal vazn toifasida chempionlik jangi: Virna Yandiroba (Braziliya) – Makkenzi Dyorn (Braziliya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
Eng engil vaznda: Mario Bautista (AQSH) – Umar Nurmagomedov (Rossiya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
Og'ir vaznda: Jailton Almeyda (Braziliya) – Aleksandr Volkov (Rossiya), (Hakamlar qarori bilan);
Yarim og'ir vaznda: Azamat Murzakanov (Rossiya) – Aleksandr Rakich (Serbiya), (1-raundda KO-TKO orqali).
Prelim kard:
Engil vaznda: Nasrat Xaqparast (Marokash) – Kuillan Salkild (Avstraliya), (1-raundda KO-TKO orqali)
O'rta vaznda: Ikram Aliskerov (Rossiya) – Yun Yon Pak (Koreya Respublikasi), (Hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra);
Engil vaznda: Lyudovit Klayn (Slovakiya) – Mateush Rebecki (Polsha), (Hakamlar qaroriga ko'ra);
Yarim og'ir vaznda: Lui Sazerlend (Angliya) – Valter Uoker (Braziliya), (1-raundda sabmishen orqali);
Yarim engil vaznda: Xose Delgado (Meksika) – Natanil Vud (Angliya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
Og'ir vaznda: Hamdi Abdelvahab (Misr) – Kris Barnett (Ispaniya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
O'ta engil vaznda: Azat Maksum (Qozog'iston) – Mitch Rapozo (AQSH), (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
Ayollar o'rtasida minimal vaznda: Jaklin Amorim (Braziliya) – Mizuki Inoue (Yaponiya), (Hakamlarning yakdil qarori bilan).