SportUz.Net
iks
ads

Azat Maksum UFC'da ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi

25.10.2025 20:15    


Rasmni yuklab olish

Abu-Dabi shahrida aralash yakka kurash bo'yicha UFC 321 turniri boshlandi.

Musobaqaning boshlang'ich prelim kardida qozog'istonlik Azat Maksum AQSH vakili Mitch Raposoga qarshi bahs olib bordi.

Jang to'liq davom etib, yakunda Raposo hakamlarning yakdil qarori bilan 30-26, 29-27, 29-27 hisobida g'alaba qozondi.

Bu orqali Raposo (10-3) ikkita mag'lubiyatli seriyasini yopib ketgan bo'lsa, Maksum ketma-ket uchinchi jangidagi mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Endi uning UFC'dagi rekordi 1-3 ko'rinishida.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: