SportUz.Net
iks
ads

Konor Makgregor: "Men davolandim"

25.10.2025 18:12    


Rasmni yuklab olish

Oq uydagi UFC turnirida oktagonga qaytish g'oyasini faol ilgari surayotgan Konor Makgregorning takidlashicha, u to'g'ri yo'lga qadam qo'yish orqali hayotining yangi sahifasini ochgan.

Bu haqda irlandiyalik Rimda bo'lib o'tadigan BKFC 83 turniri doirasidagi matbuot anjumanida jurnalistlarga malum qildi.

"Men bu erda bejiz emasman. Mening va har birimizning yo'limizni yo'lga solib turuvchi oliy bir kuch bor. Men Xudoning kalomi bilan yashayapman. Oxirgi turnirdan beri men manaviy, yani to'g'ri yo'lga kirdim. Ha, men qutuldim va shifo topdim. Ilgari qalbimda yashagan musobaqa uchqunim endi olov bo'lib yonmoqda. Men juda hayajondaman.

Arenadagi bu sportchilarga havasim keladi. Ular hozir chiqishadi, jarayondan zavqlanishadi, shou ko'rsatishadi va o'z vazifasini bajarishadi - men ham buni bajarishim kerak. Qaytishga oshiqyapman. Hozir men o'zimga etibor qaratishim va ichimga murojaat qilishim kerak edi va men buni amalga oshirdim. Endi qaytishimni sabrsizlik bilan kutyapman.

Men o'zimdan ibrat olsa bo'ladigan meros qoldirmoqchiman. Mening misolimda nima ishlayotganini ko'rdingiz. Men ishlayotganimni ham, ishlamayotganimni ham ko'rsatdim. Hozir men aslida kimligimni yana bir bor ko'rsata oladigan bosqichdaman", - dedi sobiq UFC chempioni.

Uzoq vaqtdan beri birinchi marta omma oldida ko'rinish bergan Konor Makgregor sezilarli darajada vazn tashlagan ko'rinardi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: