
Ammo u ushbu jang yanvar oyida Los-Anjelesdagi raqamli turnirda bo'lib o'tadi, deb o'ylamayapti.
"Keyingi safar men Iliya Topuriya oktagonga chiqadigan turnirda jang qilmoqchiman. Jangimiz yanvar oyida bo'lib o'tadi, deb umid qilgandim, ammo endi buning iloji yo'qqa o'xshaydi. Eng katta savol - Iliya yana qachon "qafas"ga kiradi? Men uning javobini bilmayman. Hozircha eng yaxshi scenariy - bizni Oq uy kardiga qo'shish.
Tasavvur qilolmayapman, nima uchun ular bu jangni bayramona kardga kiritmasliklari kerak? Iliya chempion, u juda mashhur, men esa amerikalikman va bunga engil diviziondagi boshqalardan kam loyiq emasman. Men hech qachon janglarni to'xtatmaganman, hech qachon UFC’ga pand bermaganman va har doim ishda bo'lganman. SHunday ekan, men bu jangni qo'lga kiritib, Oq uyda Amerika Qo'shma SHtatlari sharafini himoya qilish niyatidaman", - dedi amerikalik ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Bir kun avval Liga rahbari Dana Uayt Iliya Topuriya va Peddi Pimblett o'rtasidagi jang haqidagi mish-mishlarga izoh berib, tashkilotning eng yaxshi jangchisi qachon, qaerda va kimga qarshi oktagonga chiqishi masalasi hali to'liq hal etilmaganini va bir vaqtning o'zida bir nechta variantlar ko'rib chiqilayotganini aytgandi.
Malumot uchun, dunyoning eng kuchli Ligasi AQSH mustaqilligining 250 yilligini nishonlaydigan Oq uydagi UFC bayram turniri 14 iyun kuni bo'lib o'tadi.
