
Bu haqda britaniyalik og'ir vaznli aralash yakkakurash ustasining otasi va murabbiyi Endi Aspinall RMC Sport Combat’ga bergan intervyusida malum qildi.
"Uning UFC bilan amaldagi kelishuvi bo'yicha uchta jang o'tkazishi qoldi va men uning yangi shartnoma imzolashini istamayman. U Siril bilan jang qiladi, g'alaba qozonadi yoki yutqazadi, keyin yana ikkita. Tom 2028 yilga kelib boks bo'yicha jahon chempioni bo'ladi. Boksda pul ko'proq, shuning uchun nega yo'q?", - dedi katta Aspinall.
Bugun Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC 321 turnirida Tom Aspinall og'ir vazn toifasi divizion reytingida birinchi o'rinni egallab turgan franciyalik Siril Ganga qarshi chempionlik kamarini ilk bor himoya qiladi.
Agar britaniyalik bugungi jangda g'alaba qozonsa, uning keyingi raqibi rossiyalik Aleksandr Volkov va braziliyalik Jailton Almeyda o'rtasidagi davogarlik jangi g'olibi bo'ladi. Bu jang ham bugun BAA poytaxtida bo'lib o'tadi.
