
Hamyurtimiz kecha Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida o'tkazilgan boks oqshomida meksikalik Rene Kalistoga qarshi jang qilishi kerak edi.
"Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar. Professional boksda navbatdagi jangim bo'lishi kerak edi, lekin sog'lig'im bilan bog'liq biroz muammolar yuzaga keldi. SHuning uchun biz tavakkal qilmadik. Bu 12 raundlik jang edi. Jangimiz keyingi turnir uchun qoldirildi. Bizning jangimizni kutganlardan uzr so'rayman", dedi Do'smatov.
Hasanboy Do'smatov meksikalik bokschi bilan jangi bekor qilinganiga munosabat bildirdi