SportUz.Net
iks
ads

Jamal Xill uzoq muddatga safdan chiqdi

26.10.2025 11:03    


Rasmni yuklab olish

Yarim og'ir vaznda sobiq UFC chempion Jamal Xill oyog'ining tizza qismida jarrohlik amaliyotini o'tkazdi.

Buning natijasida amerikalik 34 yoshli Jamal 2026 yilning oxirigacha oktagonga qayta olmaydi. SHifokorlar uning to'liq tiklanishiga bir yarim yil vaqt ketishini aytishmoqda. 

Amerikalikning so'zlariga ko'ra, uning tizzasi tepish, sakrash va oktagonda harakatlanishga tasir qilgan.

"Malum bo'lishicha, tizzamda tog'ay deyarli yo'q edi, shuning uchun tog'ay transplantaciyasini amalga oshirishga majbur bo'ldim. Oxirgi janglarda tuzuk-quruq sakramadim, qimirlamadim, oyoqlarimda keragicha tepmadim. Men operaciyadan qochishga harakat qildim, chunki kamarni qaytarib olishni juda xohlardim", - dedi amerikalik sport sharhlovchisi Jeyms Linchga bergan intervyusida.

Jamal Xill shu yilning iyun oyida ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. U besh raund yakuniga ko'ra hakamlarning yakdil qarori bilan hamyurti Xalil Rauntriga yutqazib qo'ygandi. Hozirda Xill UFC yarim og'ir divizioni reytingida oltinchi o'rinni egallab turibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: