
U engil vaznda UFC kamari uchun kurashish huquqiga ega bo'lmasa, chempionlik imkoniyatini xavf ostiga qo'yib, yana bir jang o'tkazishga tayyor.
"Agar bu Ramazon oyigacha sodir bo'lmasa va menga boshqa jang berishsa - Deyveson Figeredo, Eyman Zahabi yoki boshqa birov bilan jang qilishdan xursand bo'laman. CHunki bugun men oktagonda biroz yaxshilandim, bu tajriba. Qafasda o'zingizni uydagidek his qilishingiz, ishonch, arena, muxlislarni his etishingiz uchun ko'p vaqt o'tkazishingiz kerak. Men esa jang qilmoqchiman. SHunchaki uxlayapman, ovqatlanyapman, mashq qilyapman va yana bu ketma-ketlikni takrorlayapman", - dedi rossiyalik jangchi Abu-Dabidagi UFC 321 turniridan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida.
Umar Nurmagomedov kechagi jangda Bautistani hakamlarning yakdil qarori (30-27, 30-27, 30-27) bilan mag'lub etdi. Ammo o'zi ikkinchi raundda raqibning tizza bilan boshga bergan zarbasi natijasida nokdaun holatiga tushib qoldi.
"Buning ustida ishlayman. Menda bitta katta xato bor: doim boshimni pastga egaman. Juda ko'p shunday qilaman, hatto zalda ham murabbiy va Xabib menga doim shunday deyishadi: "Bunday qilma. Sen buni to'g'rilashing kerak. Bugun ham buning jazosini tortishimga sal qoldi. Biz ideal emasmiz, ammo shunday bo'lishga harakat qilamiz", - deya tushuntirdi Nurmagomedov.
