SportUz.Net
iks
ads

Xamzat CHimaev Pyotr Yanga javob qaytardi: "Men rusman!"

17.10.2025 11:24    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn toifasida UFC chempioni Xamzat CHimaev chempionlik jangidagi g'alabasi bilan tabriklagan Pyotr Yanning so'zlari uni ranjitganini tan oldi.

"Har bir insonning o'z fikri bor, lekin buni tanishi aytsa, albatta, tasir qiladi. Men Pyotr Yan bilan tanishman, u ham meni taniydi. Men rus tilida so'zlashaman, men Rossiyada yashayman, biz bir bazada mashq qilganmiz. Va u: "Men Xamzatni rus jangchisi deb hisoblamayman", deydi. Men bilan rus tilida gaplashsang, qanday qilib meni rus jangchisi deb hisoblamaysan?

Men Rossiyada zal qurganman, Rossiyada yo'l qurganman, Rossiyada yoshlarga yordam beraman. Men Amirliklarda zal qurmaganman, u erda hech kimga yordam bermayman. U erda badavlat odamlar bor - ular menga yordam berishadi, men esa o'zimiznikilarga yordam beraman. Uning familiyasi Yan. Men uning ustidan hazillashishim mumkin - xitoylik qanday qilib chechenni rossiyalik emas deb ayta oladi? SHuning uchun ozgina tegib ketdi, albatta. Men ham boshqalar qatori Rossiya vakiliman. SHu erda yashadim, katta bo'ldim. Agar odamlar CHechenistonni Rossiya deb hisoblashsa, men rossiyalikman.

Hozir bazi bolalar bizni bir-birimizdan ajratmoqchi bo'lishadi, lekin sovet davrida hammamiz aka-uka edik, otalarimiz fashistlarga qarshi jang qilishgan. Hozir atrofda juda ko'p voqealar sodir bo'lmoqda, shuning uchun bu paytda biz yig'ilishimiz va birga bo'lishimiz kerak. Rus, gruzin, barcha millatga mansub do'stlarim bor. SHuning uchun biz birga bo'lishimiz, hamjihat bo'lishimiz, agar o'zingni rossiyalik deb hisoblasang, o'z mamlakating uchun birgalikda kurashishimiz kerak", - dedi "Borz" Aslanbek Badaevga bergan intervyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: