SportUz.Net
iks
ads

Kori Sendxagen Merab Dvalishvilining kurashini tanqid qildi

17.10.2025 12:48    


Rasmni yuklab olish

Kori Sendxagenga qarshi jangda Merab Dvalishvili jami yigirmata teykdaunni amalga oshirdi - bu UFC chempionligi uchun kechgan janglardagi rekord ko'rsatkich edi.

Ammo amerikalik aralash yakkakurash ustasi g'olibni aniqlashda nazoratsiz o'tkazmalar MMAda katta ahamiyatga ega bo'lmasligi kerak, deb hisoblaydi.

O'ta engil vazn toifasidagi chempionlik jangida hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub bo'lgan Sendxagen chempion uni parterga o'tkazishga harakat qilish uchun ko'proq kuch sarflaganiga va shunchaki vaqtni cho'zganini urg'uladi. 

"Bu jangni ko'rsangiz, "Vau, Merabning kurashi zo'r bo'ldi" demaysiz. CHunki, nazoratsiz teykdaun nima? Parterga o'tkazish zarar qilmaydi-ku. Agar sen meni shunchaki tiz cho'ktirib qo'ysang-u, men darhol o'rnimdan tursam, bu men uchun "MMA-teykdaun" emas. Sen zarar etkazmayapsan va bu bilan hech narsaga erishmayapsan. Bu poziciyalarda kim ko'proq kuch sarflaganini bilaman - bu Merab! Men uning aynan shunday qilishini kutgan edim. U meni doimiy ravishda qo'lga olish uchun kurashishga majbur qildi va shu yo'l bilan ko'p vaqt yutdi. Teykdaunlardan himoyam mukammal bo'lmasligi mumkin, ammo hech kim meni erda ushlab tura olmaydi, shu jumladan Dvalishvili ham", - dedi amerikalik Ariel Xelvaniga bergan intervyusida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: