U yarim o'rta vazn toifasiga ko'tarilgan va avstraliyalik chempion Jek Della Maddalenaga qarshi chiqishga qaror qilgani uchun unga munosib baho berdi.
"Bu Islam uchun juda jiddiy chaqiriq. Yarim o'rta vaznga ko'tarilishga qaror qilgani uchun uni maqtamoq kerak. SHubhasiz, u vazn toifasini o'zgartirishga va Jek Della Maddalena bilan jang qilishga tayyor ekanligi hurmatga sazovor.
Bu hatto engil vazn toifasidagi buyuk aralash yakkakurash ustasi Xabib Nurmagomedov ham erisha olmagan narsa - ikki divizion chempioni bo'lish. SHunday ekan, unga sharaf va maqtov, chunki bu uning uchun haqiqatan ham juda jiddiy chaqiriq", - dedi yangi zelandiyalik engil vaznli Xuker Sky Sports New Zealand efirida.
Eslatib o'tamiz, 15 noyabr kuni Nyu-York shahrida bo'lib o'tadigan UFC 322 turnirida yarim o'rta vazn toifasi chempioni Jek Della Maddalena davogar Islam Maxachevga qarshi oktagonga chiqadi. 22 noyabr kuni Qatarda bo'lib o'tadigan davogarlik jangida esa Den Xuker Arman Carukyan bilan oktagonni bo'lishadi.
Aleks Pereyra: "Agar Ankalaev men qanday jarohat bilan jang qilganimni bilganida edi..."
Umar Nurmagomedov: UFC chempionligi yoki Dvalishvili bilan revansh? Men ko'proq qasos olmoqchiman