Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi MMAdan keyin boksga o'tishni rejalashtirayotganini tasdiqladi. Ayni damda Pereyra 38 yoshda.
"Men aniq boksga o'tmoqchiman. Boksda jang qilmoqchi ekanligimni aniq aytdim. Men kikboksing bilan shug'ullanishni boshlaganimda ko'pchilik menga ishonmagan. MMAda ham xuddi shunday. Boksda ham shunday deyishadi. Men bunga o'rganib qolganman. Menga baribir. SHunchaki chiqib, mushtlashmoqchiman. Bu faqat pul uchun emas. Menga chaqiruv yoqadi. Men eng yaxshi bo'lishni xohlayman", - dedi Pereyra YouTube’dagi Podcast Connect Cast kanalida.
UFC Vankuver: Asosiy jang muddatidan avval yakunlandi, jangchi beshinchi raundga chiqmadi + FOTO