O'ta engil vazn toifasi vakili CHarlz Jurdeyn bugungi yorqin g'alabasi bilan vatandoshlarini xushnud etdi. U kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 50 000 AQSH dollarilik bonusga ham ega chiqdi. 29 yoshli Jurden britaniyalik Deyvi Grantni birinchi raunddayoq bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Oqshomning ikkinchi bonusi Kileng Aoriga nasib etdi. Xitoylik aralash yakkakurash ustasi 21 soniyadayoq amerikalik Kodi Gibsonga nasib qildi. Turniring "Eng yaxshi jang"i deb engil vazndagi Dryu Dober - Kayl Prepolek to'qnashuvi topildi. Unda amerikalik Dober uchinchi raundda raqibini texnik nokaut evaziga mag'lub etdi.