SportUz.Net
iks
ads

Xamzat CHimaev Allenni mag'lub etgan de Ridderni haqorat qildi

19.10.2025 10:27    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn (-84 kg) toifasida UFC chempioni Xamzat CHimaev Kanadada bo'lib o'tgan UFC turnirining markaziy jangida niderlandiyalik Rene de Ridderning amerikalik Brendan Allendan qabul qilib olgan mag'lubiyatiga munosabat bildirdi.

"Bu ablah yigit - taslim bo'ldi", - deb yozdi Xamzat o'zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida. 

Eslatib o'tamiz, ushbu jangdan oldin aynan de Ridder Xamzat CHimaevga qarshi chempionlik jangiga asosiy davogar sifatida ko'rilayotgandi. CHunki, u beshta g'alabali seriya bilan kelayotgan edi. Bugungi turnirdan so'ng Allen MMAda 28 g'alaba va 7 ta mag'lubiyat qayd etgan. O'z navbatida, De Ridder bugun uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobida 21 g'alaba bor. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: