Oqshomning asosiy jangi o'rta vazn toifasida o'tkazildi. Unda divizion reytingida to'rtinchi o'rinni egallab turgan niderlandiyalik Rene de Ridder to'qqizinchi pog'onada borayotgan amerikalik Brendan Allenga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Birinchi raund Ridderning parterdagi ustunligi bilan o'tdi. Ikkinchi raund avvalida niderlandiyalik aralash yakkakurash ustasi yana Allenni parterga tushirdi, ammo nazoratni raqibiga berib qo'ydi. Bu raundni Brendan o'ziniki qildi. Uchinchi raund ham xuddi ikkinchisining scenariysini takrorladi. To'rtinchi raundda Allen parterda to'liq nazorat qildi va kuchli zarbalar yo'lladi. Natijada Ridderning sekundantlari shogirdlarining beshinchi raundga chiqmasligini lozim topishdi. Allen texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi.