Umarning so'zlariga ko'ra, u mukammal lahzani kutmoqchi emas va yanvar yoki fevral oylarida - Ramazon oyi boshlanishidan oldin oktagonga qaytishni rejalashtirmoqda. SHu bilan birga u UFC taklif qilgan har qanday raqib bilan jang qilishga tayyor.
"Kamar yoki Dvalishvili bilan revanshdan birini tanlashga to'g'ri kelsa, ehtimol, yanada ko'proq qasos olishni istayman. Ko'ramiz, balki Merab Yan bilan jangdan keyin tanaffus qilar - axir bu uning bir yil ichidagi to'rtinchi jangi. Ammo men yanvar yoki fevralda jang qilishni xohlayman, hech kimni kutishni istamayman. Hammasi UFC qaroriga bog'liq bo'ladi", - deya Nurmagomedovning so'zlarini keltiradi MMAJunkie.
Avvalroq, Dvalishvili agar ular yana oktagonda uchrashsa, Nurmagomedovni "yo'q qilishini" aytgandi. Ularning jangi UFC 311 turniri doirasida bo'lib o'tgan va unda Umar Nurmagomedov hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko'ra yutqazgan edi.
UFC Vankuver: Asosiy jang muddatidan avval yakunlandi, jangchi beshinchi raundga chiqmadi + FOTO