"Men Islam Maxachev bilan Oq uy oldida jang qilmoqchiman. Agar bu amalga oshsa, UFC tarixidagi eng yirik janglardan biri bo'lardi. Hali hech kim uchinchi kamar uchun jang qilmagan. Islam avvalgi vazn toifasida ustunlik qildi va boshqa vaznga o'tdi. SHundan kelib chiqib aytish mumkinki, bu juda katta va ajoyib jang bo'ladi", - dedi ispaniya-gruziyalik aralash yakkakurash ustasi.
Ushbu jang haqiqatga aylanishi uchun Islam Maxachev 15 noyabr kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan UFC 322 turnirining asosiy jangida avstraliyalik Jek Della Maddalendan yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamarini tortib olishi, Iliya Topuriya esa o'z navbatida kelasi yil boshida o'ziga tegishli engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini himoya qilishi kerak bo'ladi.
Malumotlarga ko'ra, "El Matador" yanvar oyida Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan UFC 324 turnirida oktagonga ko'tariladi. Uning raqibi amerikalik Jastin Getji yoki britaniyalik Peddi Pimblett bo'ladi.
Aleks Pereyra: "Agar Ankalaev men qanday jarohat bilan jang qilganimni bilganida edi..."
Umar Nurmagomedov: UFC chempionligi yoki Dvalishvili bilan revansh? Men ko'proq qasos olmoqchiman