"Xabib bilan tenglashish juda og'ir. Biz sportchilar, jamoadoshlar, oilamiz - men va Usman Nurmagomedovga Xabib singari chiqishlarni ko'rsatish juda qiyin. Xabib boshqacha, u yirtqichga o'xshaydi. Qaerdanligini bilmayman-u, lekin shuncha qudrati bor. Hamma biz jang qilamiz va xuddi shunday chiqishlar ko'rsatamiz deb o'ylaydi, ammo har doim ham bunday bo'lavermaydi", - deya Umar Nurmagomedovning so'zlarini keltiradi MMAJunkie.
Nurmagomedov o'zining so'nggi jangini 2025 yil yanvar oyida o'ta engil vazn toifasida UFC kamarining amaldagi egasi gruziyalik Merab Dvalishviliga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygandi. Rossiyalik navbatdagi jangini amerikalik Mario Bautistaga qarshi 25 oktyabr kuni o'tkazadi.
Aleks Pereyra: "Agar Ankalaev men qanday jarohat bilan jang qilganimni bilganida edi..."
Umar Nurmagomedov: UFC chempionligi yoki Dvalishvili bilan revansh? Men ko'proq qasos olmoqchiman