Xabar berganimizdek, 25-26 oktyabr kunlari Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahridagi shu nomdagi arenada professional boks oqshomi o'tkaziladi. Turnirda charm qo'lqop ustalarimiz — Hasanboy Do'smatov (7-0) va Iqboljon Xoldarov (6-0) ham ringga ko'tariladi.
Ikki karra Olimpiada chempioni hisoblangan Hasanboy Do'smatov meksikalik Rene Kalisto (23-1-1) bilan to'qnash kelsa, Xoldarovning raqibi qirg'izistonlik Argen Kadirbek Uulu (debyut) bo'ladi.
Bundan tashqari, prof boks kechasida havaskor boksdagi natijalari bilan yaxshi tanish bo'lgan qozog'istonlik Saken Bibosinov, faoliyati davomida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue bilan jang qilgan Luis Neri ham ringga chiqadi.
Bishkek turnirining to'liq kardi:
Dana Uayt yana bir bor Makgregorning Oq uydagi UFC turnirida ishtirok etishiga to'xtaldi