SportUz.Net
iks
ads

Furqatbek Yoqubovning navbatdagi raqibi oshkor bo'ldi + POSTER

17.10.2025 11:45    


Rasmni yuklab olish

O'ta engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Furqatbek Yoqubovning navbatdagi jangi tavsilotlari malum bo'ldi.

Hamyurtimiz 25 oktyabr kuni Gruziyaning Batumi shahrida joylashgan Colosseum Casino majmuasida tashkil etiladigan GFC 18 turnirida oktagonga ko'tariladi. 30 yoshli Furqatbek turnirda Filippin vakili Jenil Fransiskoga qarshi bahs olib boradi.

Bu Yoqubov uchun faoliyatidagi 19-jangga aylanadi. U hozirga qadar 14 g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan. Furqatbek Yoqubov joriy yilgi The Ultimate Figther 33 shousining ishtirokchisi hisoblanadi.

Yurtdoshimizning bo'lajak raqibi Jenil Fransisko hisobida esa 25 ta jangda qo'lga kiritilgan 14 ta g'alaba va 11 ta mag'lubiyat bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: