SportUz.Net
iks
ads

Rasman! Anderson Silva va Kris Vaydmen o'rtasidagi uchinchi jang elon qilindi

17.10.2025 09:12    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn toifasida sobiq UFC chempionlari, 2013 yilda oktagonni ikki marta bo'lishgan Anderson Silva va Kris Vaydmen 12 yildan so'ng trilogiyani boks jangi bilan yakunlaydi.

Olti raundga mo'ljallangan boks jangi 14 noyabr kuni AQSHning Mayamisida bo'lib o'tadigan turnir kardiga kiritildi. Unda jangchilarga Jeyk Pol va Jervonta Devis murabbiylik qiladi.

"Anderson va uning jamoasi Jeyk Pol va Devisning "Tank" jangi elon qilinganidan so'ng darhol men bilan bog'lanib, ushbu tadbirda ishtirok etishni xohlashlarini, Anderson esa Kris Vaydmen bilan jang qilishni xohlashini aytishdi. Ikkala tomon ham ushbu jangni va aynan professional jangni xohlayotgani malum bo'lgach, biz ularning tarixini, turli avlodlarning kengroq auditoriyasini jalb qilish va Braziliyadagi tadbirga qiziqishni oshirish imkoniyatini hisobga olgan holda g'oyani to'liq qo'llab-quvvatladik", - dedi "Most Valuable Promotions" promouterlik kompaniyasi bosh direktori Nakisa Bidarian ESPN’ga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, 2013 yil iyul oyida Kris Vaydman Anderson Silvani ikkinchi raundda nokautga uchratib, chempionlik kamarini tortib olgandi. O'sha yilning dekabr oyida braziliyalik amerikalik bilan to'qnashuvda ikkinchi raundda oyog'ini sindirib olib, yana mag'lubiyatga uchradi.

"Kris bilan yana jang o'tkazishdan juda xursandman. Biz umumiy tarixga egamiz va 14 noyabr kuni Netflix’da jonli efirda uning yana bir bobini yozamiz. Bu muxlislar uchun tomosha bo'ladi!", - dedi Silva.

"Men boksda mag'lubiyatga uchramaganman va 14 noyabr kuni Netflix’da jonli efirda bu ananani davom ettiraman. Men o'rgimchaklarning tug'ma qotiliman", - dedi Vaydmen yangilikka izoh berib.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: