Oqshomning asosiy jangi superog'ir vaznda WBA Regular kamari uchun kechadi. Unda bolgariyalik Kubrat Pulev (32-3, 14 KO) birinchi og'ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni rossiyalik Murat Gassiev (32-2, 25 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi.
Malumot uchun, vladikavkazlik 32 yoshli Murat Gassiev professional ringda 2011 yilda debyut qilgan. 2016 yilning dekabr oyida birinchi og'ir (90,7 kg.gacha) vaznda jahon chempioni bo'ldi. U o'zi uchun o'sha tarixiy jangda hamyurti Denis Lebedevni hakamlarning ayri qarori bilan mag'lubiyatga uchratgandi. 2018 yilda birinchi og'ir vazndagi barcha kamarlarni o'z qo'lida birlashtirdi. 2020 yildan superog'ir vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelyapti.
Aleks Pereyra: "Agar Ankalaev men qanday jarohat bilan jang qilganimni bilganida edi..."
Umar Nurmagomedov: UFC chempionligi yoki Dvalishvili bilan revansh? Men ko'proq qasos olmoqchiman