— Ennisning Stanionisga qarshi jangini ko'rgan bo'lsangiz kerak. Uslub jihatidan siz uchun qaysi bokschi qulayroq — Jeyron yoki Eymantas?
"Stanionisning Ennis bilan jangini ko'rdim. Albatta, Ennis baribir Ennis. U har tomonlama kuchli sportchi. Unda uslub bitta emas, etarlicha. Stanionis esa faqat bir uslubda ishlaydi. Uning nima qilishini oldindan bilsangiz bo'ladi, ustida ishlash mumkin. Ennisning nima qilishini esa umuman kutib bo'lmaydi. O'zi xohlaganicha jang qiladi. Uni ushlash qiyinroq. Har kimni urib bo'ladi, lekin baribir Stanionisga qarshi jang uchun tayyorlanish osonroq bo'lardi", deydi G'iyosov olamsport.com muxbiri Diyorbek Mavlonov bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, aprel oyida bo'lib o'tgan Ennis — Stanionis birlashuvtiruvchi jangida Jeyron raqibini oltinchi raundda TKO orqali mag'lubiyatga uchratgan edi.
Avvalroq, WBA tashkiloti amerikalik superchempion Jeyron Ennis hamda majburiy davogar SHahram G'iyosov jangiga buyruq berib, bokschilarning jamoalariga muzokaralar o'tkazish uchun 30 kun muxlat taqdim etgandi.