Ikkinchi eng engil vaznda mutlaq jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inoue shu yo'nalishda sobiq ikki yo'nalish chempioni Murodjon Ahmadalievga qarshi 14 sentyabr kuni o'z Vatani - Yaponiya poytaxti Tokio shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ringga ko'tariladi.
"Nihoyat, muzokaralar ijobiy yakunlandi. SHartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishildi. O'zbek Monstrga qarshi! Diviziondagi eng yaxshi jang!", — dedi britaniyalik promouter Eddi Xirn o'zining X (avvalgi Twitter) ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Turki Al ash SHayh: "Kanelo - Krouford jangida menga do'stim Dana Uayt yordam beradi"