Ikkinchi o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni meksikalik Saul Alvares hamda ushbu vazndagi sobiq jahon chempioni kubalik Uilyam Skall 3 maydan 4 mayga o'tar kechasi bo'lib o'tgan jangda, Compubox statistikasiga ko'ra, 12 raund davomida birgalikda jami 111 aniq zarba amalga oshirishdi.
Alvares Skallga nisbatan bitta ko'proq zarba bergan: hisob Kanelo foydasiga 56:55. Jangda jami 35 aniq jeb qayd etilgan bo'lib, ularning 27 tasini Skall yo'llagan. Alvares esa atigi 8 jeb bilan javob qaytargan. Qolgan 76 kuchli zarbaning 48 tasi meksikalikka tegishli bo'lgan (48:28).
Eslatib o'tamiz, ushbu jangda Alvares hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozonib, yana mutlaq jahon chempioni unvoniga sazovor bo'ldi.
Queensberry promouterlik kompaniyasi Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori bilan shartnoma imzoladi
"Oila dardiga sherikman". Ngannu 17 yoshli qiz vafotidan keyin ilk bor bayonot berdi