"U super yarim o'rta vazn toifasiga qaytmaydi. Men u bilan gaplashdim, bu haqda birinchi marta aytyapman. Men u bilan gaplashdim, Terens bu vaznda boshqa jang qilmaydi. Krouford yana ikkita jang o'tkazib, keyin faoliyatini yakunlaydi. Men uni hurmat qilaman, chunki u super engil va yarim o'rta vaznlarda mutlaq chempion bo'lgan. Pulni ishlab, vaqtida ketish kerak. U yana nimani isbotlashi kerak? Men ham xuddi shunday qilgan bo'lardim, shuning uchun Kroufordni ayblamayman", deydi Ortis.
37 yoshli Terens Krouford kuzda Kaneloga qarshi jang o'tkazishi rejalashtirilgan.
Queensberry promouterlik kompaniyasi Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori bilan shartnoma imzoladi