"Uning hisobida 29 g'alaba va undagi 26 ta nokaut bor. Qattiq zarba berishini hamma biladi. Rekordining o'zi gapiradi. Jangda yaxshi holatdagi Inoueni kutaman. U to'rt yildan beri Qo'shma SHtatlarga kelmagandi. Men uning jangini va hamma narsaga qodirligini ko'rsatishini kutyapman. Men ham unga o'xshagan jangchiman.
Naoyani hurmat qilaman, lekin biz ringga chiqamiz va jang qilamiz. Bu boks. Siz zarbalar qabul qilib olasiz. Uning kimligini bilib jangga kiraman. Ringda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan hamma narsaga tayyor bo'lishim kerak. Uning ham men kabi ikkita qo'li va ikki oyog'i bor, shunday ekan, menda imkoniyat etarlicha", dedi Kardenas.
Ushbu jang bizning vaqt bilan ertaga tong saharda Las-Vegas shahrida o'tkaziladi.
Queensberry promouterlik kompaniyasi Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori bilan shartnoma imzoladi
"Oila dardiga sherikman". Ngannu 17 yoshli qiz vafotidan keyin ilk bor bayonot berdi
Turki Al ash SHayh: "Kanelo - Krouford jangida menga do'stim Dana Uayt yordam beradi"