SportUz.Net

Rasman: Terens Krouford - Saul Alvares jangi sanasi va manzilini elon qildi

04.05.2025 12:27    


Rasmni yuklab olish

Saudiya Arabistoni ko'ngilochar bosh boshqarmasi boshlig'i Turki Al ash-SHeyx ko'pchilik tomonidan kutilgan jangni tasdiqladi.

Kecha Ar-Riyod shahrida o'tgan va Saul Alvaresning g'alabasi bilan yakunlangan jangdan keyin Turki Al ash-SHeyx ringga chiqib keldi va har ikki bokschi guvohligida ushbu yil jangiga qiyoslanayotgan to'qnashuvni rasman elon qildi. 

Ikkinchi o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangan meksikalik afsona ikki vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni amerikalik Terens Kroufordga qarshi ringga ko'tariladi. Jang 12 sentyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi "Allegiant" arenesida o'tkaziladi. Ushbu jang ikkinchi o'rta vaznda mutlaq jahon chempionligi uchun tashkil etiladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: