UFC on ESPN 67 turnirining asosiy jangi o'ta engil vazn toifasida Kori Sendxagen hamda ushbu divizionning sobiq chempioni Deyvison Figeyredu o'rtasida bo'lib o'tdi. Jang ikkinchi raundda Sendxagenning g'alabasi bilan yakunlandi.
Ikkinchi raund yakunlanishiga bir necha soniya qolgan bir paytda Figeyredu oyog'idan jarohat oldi. Natijada u Korining zarbalaridan himoyalana olmadi. Sendxagenning ketma-ket zarbalaridan keyin referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Endi Kori Sendxagenning g'alabalari 18 taga etdi. Uning hisobida 5 ta mag'lubiyat ham bor. Figeyredu bugun faoliyatidagi beshinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Hisobidagi g'alabalari soni 24 taligicha qoldi. SHuningdek, braziliyalik aralash yakkakurash ustasi bitta jangida durang qayd etgan.
Turki Al ash SHayh: "Kanelo - Krouford jangida menga do'stim Dana Uayt yordam beradi"