SportUz.Net

Naoya Inoue - Murodjon Ahmadaliev jangi sanasi va manzili tasdiqlandi

04.05.2025 11:54    


Rasmni yuklab olish

Namangan boks maktabi tarbiyalanuvchisi nihoyat Monstrga qarshi o'zi so'ragan jangini oladigan bo'ldi.

Ikkinchi eng engil vaznda mutlaq jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inoue shu yo'nalishda sobiq ikki yo'nalish chempioni Murodjon Ahmadalievga qarshi 14 sentyabr kuni o'z Vatani - Yaponiya poytaxti Tokio shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ringga ko'tariladi.  

"Nihoyat, muzokaralar ijobiy yakunlandi. SHartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishildi. O'zbek Monstrga qarshi! Diviziondagi eng yaxshi jang!", — dedi britaniyalik promouter Eddi Xirn o'zining X (avvalgi Twitter) ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: