Musobaqaning markaziy jangida braziliyalik Gilbert Byorns hamda Ekvador vakili Maykl Morales bahs olib boradi.
Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Nursulton Ro'ziboev ham oktagonga ko'tariladi. Unga amerikalik Dastin Stolcfus raqiblik qiladi.
O'rta vazn toifasida o'tkaziladigan bellashuv insayder Marsel Dorffning xabar berishicha, prelim karddan asosiy kardga ko'chirilgan.
Mutolaa uchun: Iqtisodiyot bo'yicha mutaxassis va tarjimon, uchta sport turi bo'yicha kamarlarga ega ikki mamlakat fuqarosi Dastin Stolcfus. Nursulton Ro'ziboevning bo'lajak raqibi qanchalik xavfli?