"Murodjon ikki-uchta jangimda yonimda bo'lib, burchagimda turdi. U yaxshi ko'rsatmalarni beradi. Unda murabbiylik bo'yicha istedod bor. Hozir uni juda katta janglar kutib turibdi. Uning tarix yozadigan vaqti keldi. Inoueni jangga chaqirgandi, mana rozilik ham oldi. Endi sentyabr oyida jang bo'lishi kerak. Biz ham intiqlik bilan Murodjonning jangini kutyapmiz", dedi Madrimov.
Murodjon Ahmadalievning Naoya Inouega qarshi mutlaq chempionlik jangi 14 sentyabr kuni Tokio shahrida o'tkaziladi.