"SHaharliklar" maydon markazini mustahkamlash uchun "Bavariya" yarim himoyachi Aleksandar Pavlovichni sotib olmoqchi. Ushbu transfer Rodriga o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda.
Malumot uchun, Pavlovich joriy mavsum 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 ta gol bor. Uning nemis grandi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yozida yakunlanadi. Transfermarkt nashri yarim himoyachini 55 million evroga baholagan.