SportUz.Net
iks
ads

Pyotr Yan Islam Maxachev bilan uchrashib qoldi va uni bitta so'z bilan tarifladi + FOTO

17.10.2025 08:33    


Rasmni yuklab olish

O'ta engil vaznda yana chempionlik kamari uchun jang qiladigan Pyotr Yan vatandoshi Islam Maxachev bilan ko'rishib qoldi.

Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi ayni paytdi o'ta engil vazn toifasi UFC reytingida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Yan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga Islam bilan tushgan surati joylab, uning ostida bitta so'zdan iborat izoh ham qoldirgan. 

"Dev!" - deya suratga tarif bergan Yan.

Eslatib o'tamiz, shu yilning may oyida UFC prezidenti Dana Uayt Islam Maxachev engil vazn toifasi chempionlik kamarini bo'shatib, yarim o'rta divizionga o'tganini malum qilgandi. 15 noyabr kuni rossiyalik yarim o'rta vazn toifasida promoushen chempioni Jek Della Maddalenaga qarshi oktagonga chiqadi. Ushbu to'qnashuv Nyu-York shahrida o'tkaziladigan UFC 322 turnirining markaziy jangi bo'ladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: