SportUz.Net
iks
ads

Iliya Topuriya: "Agar Maxachev yutqazsa, Dog'istondagi fermasiga qaytib qo'yini boqishi mumkin"

18.10.2025 17:30    


Rasmni yuklab olish

Agar Islam to'rt haftadan keyin Jek Della Maddalenaga qarshi chempionlik jangida mag'lubiyatga uchrasa, Topuriya Maxachev bilan jang qilish niyatidan voz kechadi.

Bu haqda ispaniya-gruziyalik jangchi Tbilisidagi matbuot anjumanida malum qildi.

"Agar Islam yutqazsa, Dog'istonga qaytib, o'z fermasida qo'y boqishi mumkin. Mabodo u g'alaba qozonsa, men vaznimni oshiraman, bu yuz foizga aniq!", - dedi "El Matador" jurnalistning tegishli savoliga javob berar ekan.

SHuningdek, Topuriya, agar Maxachev g'alaba qozonsa, kelasi yilning iyun oyida Oq uyda o'tkaziladigan AQSH Mustaqilligiga bag'ishlangan turnirda u bilan uchrashmoqchi ekanligini ham aytdi.

Malumotlarga ko'ra, engil vazn toifasida chempionlik unvoniga ega bo'lgan Iliya Topuriya kelasi yilning yanvar oyida Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan UFC 324 turnirida oktagonga qaytadi. Islam Maxachev va Jek Della Maddalena esa 15 noyabr kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan raqamlangan oqshomda o'zaro to'qnash keladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: