SportUz.Net
iks
ads

Angliya jahon chempionatida 17-bor ishtirok etadi

16.10.2025 09:54    


Rasmni yuklab olish

Ammo bu eng yaxshi natija emas.

Angliya terma jamoasi saralash bosqichi doirasida kuni-kecha safarda Latviyani 5:0 hisobida taslim etdi va mundial yo'llanmasini rasman qo'lga kiritdi.

Ushbu bahsda Entoni Gordon (26-daqiqa), Xarri Keyn (44, 45+4 penaltidan), 58-daqiqada Maksim Tonishevdan avtogol  va Eberechi Eze (86) gollarga mualliflik qilishdi. 

Angliya terma jamoasi jahon chempionatida 17-marta ishtirok etishadi, bu borada rekord Braziliya terma jamoasiga tegishli. Pentakampeonlar 23-bor mundialda ishtirok etishadi. 

Qatarda o'tgan avvalgi jahon chempionatida jamoa chorak finalgacha etib borgan va Franciyaga imkoniyatni boy bergandi (1:2). Angliyaning jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi natijasi 1966 yilda o'z uyidagi g'oliblik hisoblanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: