SportUz.Net
photo photo

SHahram G'iyosov Buxoro viloyati hokimi bilan uchrashdi + FOTO

27.05.2022 20:00    


Rasmni yuklab olish

Professional bokschimiz SHahram G'iyosov bir necha kun oldin O'zbekistonga qaytib kelgandi.

U 7 may kuni Las-Vegasda o'tkazilgan jangda Kristian Gomesni mag'lubiyatga uchratib, IBF SHimoliy Amerika kamarini qo'lga kiritgandi. 

Bugun u murabbiyi Ravshan Xodjaev bilan birga Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov qabulida bo'ldi. 

"Bugun Buxoro viloyati hokimi bilan uchrashdik. Tabrik va sovg'alar uchun katta rahmat. Xudo xohlasa kelajakdagi rejalar haqida suhbat qildik va yaqinda yaxshi hushxabarlarni sizlarga aytamiz", - deb yozdi bokschi Instagramdagi sahifasida. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: