
Ushbu jangda SHumkov bokschimizning qulog'idan tishlab olgan va bu holat jahon boks hamjamiyatining keskin noroziligiga sabab bo'lgandi. Natijada O'zbekiston terma jamoasi vaziyat yuzasidan shikoyat kiritgan, ammo IBA, yani Xalqaro boks associaciyasi jang natijasini o'z kuchida qoldirgandi.
Rossiya boks federaciyasi murabbiylar kengashi raisi Eduard Kravcovning so'zlariga ko'ra, IBA.PRO turnirlaridan birida tashkilot bokschilar o'rtasida revansh jangini o'tkazishga tayyor.
"Fikrimcha, obektiv qaror qabul qilindi, - dedi Kravcov "Match TV"ga bergan intervyusida. - Bilaman, IBA rahbari Umar Kremlyov revansh uyushtirishga va har ikki bokschiga IBA.PRO shousi formatida kuchlilarni aniqlash imkoniyatini berishga tayyor. Hamma savol shundaki, agar O'zbekiston tomoni Xalokov ushbu vazn toifasida haqiqatan ham eng kuchli ekanligini isbotlash uchun revansh olishni istasa, bunga rozi bo'ladimi?
"SHuningdek, Vsevolod SHumkov bilan ham suhbatlashdim. Va u har qanday vaqtda va har qanday joyda revansh berishga tayyor. Qolaversa, SHumkov Toshkentda revansh jangi o'tkazilishiga ham tayyor ekanini aytdi", - deya qo'shimcha qildi Kravcov.
