SportUz.Net
iks
ads

SHohjahon Ergashevning raqibi o'zgardi, u hind bokschisiga qarshi ringga chiqadi + POSTER

23.12.2025 07:57    


Rasmni yuklab olish

Professional boksning super engil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq davogar SHohjahon Ergashev 20 dekabr kuni navbatdagi jangini o'tkazishi kerak edi.

Xabar berganimizdek, charm qo'lqop ustamiz Samarqand shahridagi Family Park majmuasida tashkil etilishi kerak bo'lgan prof boks oqshomining asosiy jangida kongolik 32 yoshli Mardochee Kuvesa Katombega qarshi ringga chiqishi lozim edi. 

Ammo bu turnir belgilangan muddatda o'tkazilmadi va yangi sanaga ko'chirildi. 4 yanvar kuni Samarqandda tashkil etiladigan boks oqshomining asosiy jangida Ergashevning o'zi ringga chiqadi, faqat boshqa raqibga qarshi. U o'sha kuni hindistonlik Gurprit Singhga qarshi jang o'tkazadi.   

Malumot uchun, 33 yoshli SHohjahon Ergashev hozirgacha 27 ta jang o'tkazib, 25 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan. Gurprit Singh esa 11 g'alaba (3 nokaut), 3 mag'lubiyat va 1 durangga ega. Singh oxirgi jangini 2024 yilning 30 noyabr kuni o'z vatanida hamyurti Digari Maneshga qarshi o'tkazib, ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga zafar quchgan. Ergashev esa so'nggi jangini fevral oyida Farg'onada ugandalik Junju Pauerga qarshi o'tkazib, birinchi raunddayoq texnik nokaut evaziga g'alaba qozongandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: