
Janubiy Afrika Respublikasi vakili kelasi yilning bahorida oktagonga qaytishni rejalashtirmoqda.
"Ochig'i, bundan keyin kim bilan jang qilishimni o'zim ham bilmayman. Divizionda hozir tartibsizlik, barqaror g'alaba qozonayotgan hech kim yo'q. Muammo ham shunda. Barqarorlik bo'lmasa, raqibni qanday tanlash kerak? UFC bilan gaplashdim va kelasi yilning birinchi choragi menga juda mos keladi. Martning oxiri, aprelning boshi - ayni muddao bo'lardi", - dedi Drikus Fight Forecast’ga bergan intervyusida.
Avvalroq, Drikus Dyu Plessi Brendan Allenga qarshi oktagonga chiqishini aytgandi. Allen niderlandiyalik Rene de Ridderni muddatidan oldin mag'lub etganidan keyin Dyu Plessini jangga chorlagandi.

Arman Carukyan 10 yanvar kuni sobiq PFL jangchisiga qarshi bahs olib boradi + POSTER