SportUz.Net
iks
ads

Aljameyn Sterling ikki ehtimoliy raqibni aytdi

23.12.2025 09:57    


Rasmni yuklab olish

UFC’ning o'ta engil vazndagi sobiq chempioni, ayni paytda yarim engil vazn toifasi reytingida kuchli beshlikni yakunlab turgan Aljameyn Sterling navbatdagi raqibi kim bo'lishini malum qildi.

"Hozir 36 yoshman va faoliyatimni yakunlashdan oldin yana bir bor chempionlik uchun jang qilishni juda xohlardim. Iloji bo'lsa, nafaqaga chiqishdan oldin kamarni himoya qilishga ulgurish. Top-5 dagi barcha jangchilar haqiqiy qotillardir. Men jon-jon deb Leron Myorfi bilan mushtlashardim. Bu yangi chehra, yangi chaqiruv, engilmas jangchi. Va bu men professional va havaskor faoliyatimda jang qiladigan birinchi qora tanli yigit bo'ladi, bu haqiqatan ham aqldan ozishdir. Agar yo'q bo'lsa, Yair Rodriges bilan jangni qabul qilishga tayyorman. Men Diego Lopesni chaqirdim, ammo u chempionlik imkoniyatini qo'lga kiritdi", - dedi amerikalik jangchi MMA Dungeon’ga bergan intervyusida.

Avvalroq, Leron Myorfi navbatdagi jangini 21 mart kuni Londondagi UFC turnirida Movsar Evloevga qarshi o'tkazishini aytgandi. Uchinchi pog'onada borayotgan Yair Rodrigesning jangi haqida esa hech qanday malumot yo'q. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: