SportUz.Net
iks
ads

Nassurdin Imavov CHimaevni zarba evaziga mag'lub etmoqchi

23.12.2025 09:15    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn toifasi UFC reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan asli dog'istonlik bo'lgan "francuz" Nasurdin Imavov rejalari bilan o'rtoqlashdi.

U 84 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasida UFC`ning mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan chempioni, 31 yoshli Xamzat CHimaevga qarshi jang rejasi haqida gapirdi.

"Biz o'zimizning kuchli tomonlarimizga etibor qaratamiz. Odamlar kurashchi bilan olishsang, faqat kurashga etibor qaratishing kerak, deb o'ylashadi. Bu xato bo'lardi. Men tabiatan kurashchi emasman. Bilasizmi, men zarbachiman. Keyin o'z kuchim ustida ishlayman. Aynan shu narsa muhim hisoblanadi. Aynan shu yo'l bilan men janglarimni yutaman. Va albatta, kurashni ham unutmaslik kerak. Teykdaunlardan himoyalanish uchun ko'p harakat qilaman". - deya Imovovning so'zlarini keltiradi Sherdog portali.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: