
"Bu final jangi keng muhokamalarga sabab bo'ldi. Tartib-intizom va etika qo'mitasi vaziyatni chuqur tahlil qilib o'rganib chiqdi. Jang natijasi bo'yicha hech qanday etiroz va shubha-gumonlar haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas. SHumkov bu jangda haqli ravishda g'alaba qozondi. Lekin SHumkovning quloq tishlagan holatini hech kim, shu jumladan IBA prezidenti sifatida men ham oqlamayman. Bu noto'g'ri harakat va bunday holatlarga yo'l qo'yib bo'lmaydi. O'sha vaziyat natijaga hech qanday tasir o'tkazmagani, murabbiylar va bokschi tomonidan jang paytida etiroz, shikoyat bildirilmagani uchun jang natijasi ekspertlar tomonidan o'z kuchida qoldirildi. Lekin SHumkovni gonorarining 50 foizi miqdorida jarimaga tortdik.
Takror aytaman, bu kabi holatlarni qoralaymiz. Bizning poziciyamiz bu borada aniq. Kelinglar, bu ikki bokschi o'rtasida revansh jangini o'tkazamiz. O'rtaga IBA chempionlik kamari qo'yiladi. Jang sakkiz raunddan iborat bo'ladi. Kim kuchli ekanini ring ko'rsatadi. Bokschilarning jamoalaridan taklifga javob kutamiz", - dedi IBA prezidenti Umar Kremlyov.
